Dangana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dangana, dangona — 1) oʻtmishda yarim oʻtroq va oʻtroq oʻzbek chorvadorlari oʻrtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada soʻyilgan mol goʻshtini uzoq saqlash qiyin boʻlgan. Shu tufayli D. yozgi yaylovga chiqqan maʼlum bir ovul kishilari oʻrtasida oʻtkazilgan. D. da koʻpincha har bir xonadonda navbat bilan qoʻy soʻyilgan. Soʻyilgan qoʻyning goʻshti, kalla-pochasi katta qozonga solinib shoʻrva pishirilib, har bir qoʻshni chorvador oilaga shoʻrva va goʻsht teng taqsimlangan; 2) sheriklikka biror tirik molni (ot, sigir, tuya va sh. k.) oʻzaro taqsimlash.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil