Danang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Danang — Vyetnamning markaziy qismidagi shahar. Kuangnamdanang provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 382,6 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Jan. Xitoy dengizining Danang buxtasi sohilidagi yirik port (Xoshimindan keyin 2-oʻrinda). Transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi, oziq-ovqat va yengil sanoat, mexanika, kauchuk i. ch., plastmassa, qurilish materiallari, ip va ipak gazlama korxonalari, muzey bor. D. yaqinidan koʻmir va oltin qazib olinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil