Damlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Damlash, dimlash — taom pishirishdagi jarayon. Baʼzi taomlar pishgandan soʻng yana maʼlum muddat damlanib meʼyoriga yetkaziladi. Bunda ovqatli idish bugʻ chiqmaydigan qilib jips berkitiladi, yo juda sust olovda yoki qizigan oʻchoq taptida, yoxud oʻchoqdan olingan holda dam yediriladi. Mas, osh D., choy D. va sh.k. Damlanganda masalliq qaynashdan toʻxtab, unda erigan turli foydali neʼmatlar bir-biri bilan kimyoviy qoʻshiladi va yanada lazzatliroq boʻladi. Issiq ovqatlarning barchasini, hatto suyuq oshlarni ham D. tavsiya qilinadi. Issiq somsaning ustiga qalinroq narsa yopib, damlab qoʻyilsa, oʻz boʻgʻi taʼsirida hamiri yumshaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil