Damkoʻl
Qiyofa
Damkoʻl — Markaziy Fargʻonaning shim. qismidagi botqoqlik. Gʻarbdan sharqqa 20 km gacha, shim.dan jan.ga 6— 8 km ga choʻzilgan. Soʻx-Shohimardon sugʻorish sistemalarining tashlandiq suvlaridan hosil boʻlgan. Allyuvial yotqiziqlardan loy, qum koʻp. Oʻtloqi botqoq, oʻtloqi va torfli tuproqlar tarqalgan. D.da qiyoq oʻsib yotadi. Botqoqlik quritilib sholi, poliz ekinlari, paxta ekilmoqda.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |