Damir Zaxartdinov
Damir Zaxartdinov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
2-yanvar 1976-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | erkin kurashchisi |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Bronza | Anqara 1999 | 58 kg.gacha |
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Toshkent 1999 | 58 kg.gacha |
Kumush | Guylin 2000 | 58 kg.gacha |
Kumush | Ulan-Bator 2001 | 63 kg.gacha |
Kumush | Deli 2003 | 60 kg.gacha |
Bronza | Uxan 2005 | 60 kg.gacha |
Damir Zaxartdinov (1976-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek erkin kurashchisi, jahon chempionati sovrindori.
1976-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U Jahon kubogining bronza medalini 1996-yilda qoʻlga kiritadi, biroq Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Jahon harbiy oʻyinlarining kumush medalini 1997-yilda qoʻlga kiritadi. Damir jahon chempionati va Osiyo chempionatining bronza medaliga 1999-yilda erishdi. 2000-yilda u Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Sidney Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egalladi.
Erkin kurashchi tinimsiz mashq qilib, 2001-yilda jahon chempionatida bronza, Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻldi. 2003-yilda harbiylar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va jahon chempionatining kumush medallarini olishga muyassar boʻladi.
Zaxartdinov 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, lekin unga 9-oʻrinni olish nasib qilgan. 2005-yili Osiyo chempionatining bronza medali sohibi, 2006-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер