Damir Salimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Damir Ismoilovich Salimov (1937.19.7, Samarqand) — kinorej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). VGIK (Butunittifoq davlat kinematografiya instituti)ni tugatgan (1960). S. birinchi oʻzbek multiplikatsiya filmlarining ("6x6 kvadratida"; "Sehrli sandiq") muallif va rejissyori. Keyinchalik "Balkon", "Doʻstingni ehtiyot qil" va boshqa multfilmlarni ishlagan. U "Yoʻldosh Oxunboboyev", "Non, tuz va qoʻshiq", "Yorugʻ yoʻl" kabi hujjatli, "Sahro uzra osmon", "Togʻlar chorlaydi", "Shum bola", "Hayot mazmuni" singari badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Damir Ismoilovich Salimov 2019 yilning 28 mart kuni toshkent shaxrida vafot etdi.