Kontent qismiga oʻtish

Damir Desnica

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Damir Desnica
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-dekabr 1956-yil (1956-12-20) (67 yosh)
Tavallud joyi Obrovac, FPR Yugoslavia
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Elektroprimorje Rijeka
Rijeka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1974—1985 Rijeka 251 (54)
1985—1990 Kortrijk 109 (19)
1990—1991 Zadar
1991 Orijent
1992—1993 Pazinka 11 (1)
—1996 Halubjan
1996—1997 Klana
1997—1998 Lučki Radnik
Milliy terma jamoa
1978 Yugoslaviya 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Damir Desnica (1956-yil 20-dekabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damir Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi, Xorvatiyaning Obrovac shahrida tugʻilgan. Desnica oʻz faoliyatining katta qismini HNK Riyeka jamoasida oʻtkazgan. HNK Riyeka klubida 300 ga yaqin rasmiy oʻyinlarda maydonga tushdi va bu davrda ikkita Yugoslaviya kubogini qoʻlga kiritgan. Damir 1985-yilda, qariyb 29 yoshga kirgan davrida, chet el klubi tarkibiga koʻchib oʻtgan. Belgiyaning KV Kortrijk klubida 5 yil davomida oʻynagan va 109 ta oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻlgan.

Desnica besh yildan soʻng oʻz mamlakatiga qaytib kelgan va NK Zadarga qoʻshilgan. NK Orijent klubida qisqa muddat oʻynaganidan soʻng, NK Pazinka bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik bir qatot jamoalarda oʻynagan va 41 yoshida nafaqaga chiqgan[1].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desnica 1978-yil 25-oktyabrda UEFA Yevro-1980 saralash bosqichida Ruminiya terma jamoasiga qarshi safardago oʻyinda ishtirok etgan. Yugoslaviya terma jamoasi 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan, gollardan biriga Damir mualliflik qilgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desnica professional futbolda oʻynagan kam sonli kar va soqov futbolchilardan biri edi. Damir faqat qoʻlda muloqot qilgan[2]. 1984-yil 7-noyabrda UEFA kubogi musoboqasi doirasida, Santiago Bernabéu Stadionida Real Madridga qarshi oʻyinda u hakam Rojer Skoters tomonidan ikkita qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgan. Dastlab ishlatilgan qoʻpollik uchun koʻrsatilgan sariq kartochkaga tushunmay norozilik bilan hakam tortishgan va natijada ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan. Oʻyin yakunida Riyeka sakkiz futbolchi bilan oʻyinni yakunlagan va umumiy ikkinchi oʻyin natijasiga koʻra 3:4 hisobida magʻlub boʻlgan[3][4].

Klub statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

[5][6]

Mavsum Jamoa Liga Liga Kubok Xalqaro Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
1974–75 Rijeka Yugoslaviya birinchi ligasi 3 0 3 0
1975–76 23 5 23 5
1976–77 9 0 9 0
1977–78 31 4 5 1 36 5
1978–79 29 7 4 0 4 0 37 7
1979–80 13 1 1 0 4 3 18 4
1980–81 15 3 15 3
1981–82 32 6 2 0 34 6
1982–83 33 11 4 2 37 13
1983–84 32 11 3 1 35 12
1984–85 31 6 2 1 4 1 37 8
Rijeka jamoasidagi natijalar 251 54 21 5 12 4 284 63
1985–86 Kortrijk Belgiya Pro ligasi 30 6 ? 30 6
1986–87 27 4 ? 27 4
1987–88 32 8 ? 32 8
1988–89 18 1 ? 18 1
1989–90 2 0 ? 2 0
Kortrijk jamoasidagi natijalar 109 19 ? 4 0 0 109 23
Umumiy faoliyat (toʻliqsiz) 360 73 21 9 12 4 393 86
Rijeka
  • Yugoslaviya kubogi: 1977/1978, 1978/1979
  • Bolqon kubogi: 1978-yil
Zadar
  • Yugoslaviya respublikalararo ligasi (Gʻarbiy): 1990/1991-yil
Pazinka
  • Xorvatiya Ikkinchi Futbol Ligasi (Gʻarbiy): 1992-yil
  1. Frank, Robert „Damir Desnica: Umjetnik lopte kojeg život nije mazio“ [Damir Desnica: The football artist with a rough life] (Croatian). Novi list (2014-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  2. Damir Desnica: King of deaf footballers; Eclectic Football Nut, 27 December 2007
  3. El sordomudo expulsado por 'protestar' (The deaf and dumb who was sent off for 'protestingʻ); Marca, 3 October 2013 (in Spanish)
  4. Vivoda, V. „HNK Rijeka: The Rise of the Phoenix“. Hocuri (2014-yil 16-iyul). Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  5. „Damir Desnica“. Footballdatabase. Qaraldi: 2016-yil 14-yanvar.
  6. „Topschutters tweede klasse“ [Top scorers second division] (Dutch). Belgium Soccer History. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.