Damdinsuren Sendiyn
Qiyofa
Damdinsuren Sendiyn (1908.14.9, Sharqiy aymoq — 1986) — mongol yozuvchisi, jamoat arbobi, olim. Mongoliya Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi (1961). Mongoliya Yozuvchilar uyushmasining raisi (1953—58). "Rad etilgan qiz" qissasi (1929) mongol nasrida birinchi yirik asar boʻlib, unda mongol xotinqizlarining 20-asr boshlaridagi ogʻir takdiri haqida hikoya qilinadi. "Mening sochlari oqargan onaginam" (1934), "Gʻalati toʻy" (1966) kabi asarlar muallifi. Adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy ishlari bor.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |