Damad Hasan Posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Damat Hasan Posho - (turkcha: Moralı Damat Hasan Paşa ? - 1713, may) - Usmonlilar davlati arbobi, Usmonlilar imperiyasining buyuk vaziri (1703-yil,16-noyabr - 1704-yil, 28-sentyabr).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishiga ko`ra - yunon[1][2]. Peloponnesning Tripolis shahrida tug'ilgan (Morea eyalet). Devshirme tizimi ostida u islomni qabul qilgan. Enderun maktabida tahsil oladi.

1684-yilda u qurol ustasi lavozimini egalladi. 1687-yilning noyabr oyida Morali Hasan Posho Misr eyaletiga gubernator etib yuboriladi. U erda vazir etib tayinlangan. 1690-yilda u lavozimidan ozod qilinadi. 1690-yildan keyin Bursa va Izmit shaharlarining mutasarriflik lavozimlarida ishlagan. 1696-yilda Suriyada Aleppo gubernatori, 1697-yilda esa Koniya gubernatori etib tayinlangan. Keyin u yangi topshiriqlarga bormagan, lekin katta vazir Husayn Posho Koprülü boshchiligidagi Usmonli qo'shinining Vengriya ekspeditsiyasida qatnashgan. 1698-yilda yurishdan qaytgach, u egallab turgan lavozimidan ozod qilinib ikkinchi vazir mansabiga sazovor bo'ladi.

1691-yilda Morali Hasan Posho Usmonli malikasi Xadicha Sultonga (1658/1662 - 1743) uylanadi. U Sulton Mehmed IV ning to'ng'ich qizi va bo'lajak Sulton Ahmad III ning singlisi edi. Ularning ikki o'g'li va bir qizi bor edi. Morali Hasan Posho malikaga uylanganidan keyin “Damat” (sultonning kuyovi) laqabini olgan.

1703-yil, 17-noyabrda vazir Ahmad posho iste’foga chiqqanidan so‘ng Sulton Ahmad III Morali Damat Hasan Poshoni yangi bosh vaziri etib tayinladi. U Ahmadning hokimiyatini dahlsizligini ta'minlash uchun juda ko`p harakat qiladi, isyonchilarning rahbarlarini yo'qotadi. U ko'rgan ancha qattiq ma'muriy choralarga qaramay, Istanbuldagi davlat hokimiyati va jamoat faolligiga 1704-yildagina erishildi.

1704-yil, 28-sentabrda Morali Damat Hasan Posho bosh vazir lavozimidan ozod qilinib rafiqasi Hadicha Sulton bilan birga Izmitga surgun qilinadi. Lekin tez orada kechirildi va xotini bilan Istanbulga qaytib keldi. 1707-yilning avgustida u ikkinchi marta Misr Eyaletining gubernatori etib tayinlandi. 1708-yilning kuzida Morali Damat Hasan Posho Tripoli gubernatori lavozimini egalladi. 1712-yilda esa Anadolu va Rakka gubernatori bo`ladi.

Morali Damat Hasan Posho 1713-yilning may oyida Raqqa(Rakka)da boshlangan vabo tufayli vafot etadi.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Catharine Theimer Nepomnyashchy; Nicole Svobodny; Ludmilla A. Trigos. Under the sky of my Africa: Alexander Pushkin and blackness. Andoza:Нп3, 2006 — 53 bet. ISBN 0-8101-1971-4. . — «Shortly afterward a new grand vizier, Hasan, came to take the place of the old one, and he held his post during the period we are interested in: from November 16, 1703, to September 28, 1704. He was the new sultan's son-in-law… “he was a very honest and comparatively humane pasha of Greek origin and cannot be suspected of selling the sultan's pages to a foreigner.”».
  2. Evg Radushev, Svetlana Ivanova, Rumen Kovachev - Narodna biblioteka "Sv. sv. Kiril i Metodiĭ. Orientalski otdel, International Centre for Minority Studies and Intercultural Relations, Research Centre for Islamic History, Art, and Culture. Inventory of Ottoman Turkish documents about Waqf preserved in the Oriental Department at the St. St. Cyril and Methodius National Library. Narodna biblioteka "Sv. sv. Kiril i Metodiĭ, 2003 — 224 bet. ISBN 954-523-072-X. . — «Hasan Pasa (Damad-i- Padisahi), Greek convert from Morea. He began his career as imperial armourer and rose to the post of Grand Vezir (1703). He married the daughter of Sultan Mehmed IV, Hatice Sultan, fell into disgrace and was exiled with his wife to izmit.».

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Danishmend, Ismail Hami, (1971) Osmanlı Devlet Erkâni, Istanbul: Türkiye Yayınevi,
  • Buz, Ayxan (2009) Osmanlı Sadrazamlari", Istanbul: Neden Kitap, ISBN 978-975-254-278-5
  • Yayın Kurulu Hasan Pasha (Damat) (1999) Yaşamlari va Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi C.1 s.543 ISBN 975-08-0072-9
  • Mehmed Süreyya (haz. Nuri Akbayar) (1996), Sicill-i Osmani, Istanbul:Tarih Vakfı Yurt Yayınları ISBN 975-333-0383 °CI s.146 [1]