Dam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dam (fors— nafas) — 1) hunarmandchilikda — oʻchoqqa havo haydaydigan garmonsimon moslama. D. va osma D. degan xillari bor. Katta-kichikligi va oʻrnatiladigan qasqonlari (gardishlari) soni (2—11 ta) ga koʻra turli kasblarda turli D. ishlatiladi: 2 qasqonlisi zargarlikda, 3 qasqonlisi anjomsozlikda, 5 qasqonlisi pichoqsozlikda, 6 qasqonlisi degrezlikda va b. Bular zargar dami, pichoqchi dami, miskar dami, temirchi dami deb ham ataladi. Oʻrta Osiyoda D. juda qadimdan ishlatilib kelingan. U 11-asr yozma yodgorligi "Devonu lugʻotit turk"da koʻruk, 15-asr adabiyotida, xususan, Alisher Navoiy asarlarida hozirgi D. tarzida uchraydi. D. hozir ham qoʻllaniladi; 2) pichoq, ketmon, tesha va b. shu kabi asboblarning tigʻi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil