Dalton Jon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

DALTON (Dalton) Jon (1766.6.9, Iglsfild, Angliya,— 1844.27.7, Manchester) — ingliz kimyogari va fizigi. Atomistik nazariya asoschisi. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1822 y.dan), D. gazlar xossalarini oʻrganib, gazlarning parsial bosimi qonunini (1801), gazlarning eruvchanligi parsial bosimiga bogʻlikligini (1803), kimyoning asosiy qonunlaridan biri — karrali nisbatlar qonunini (1803) aniklagan. D. kimyoviy elementlarning birinchi nisbiy at. m.lari jadvalini tuzgan (1803), meteorologiya masalalari bilan ham shugʻullangan. 1794 y.da ilk bor koʻrish nuqsoni — rang ajrata olmaslik (daltonizm) haqida yozgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil