Daloilxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daloilxona (arab, daloil — dalillar) — Oʻrta Osiyoning yirik shaharlaridagi diniy maktab. D.ga savodi chiqqan bolalargina qabul qilingan. Unda dastlab (taxminan 1—2 oy) bolalarga Qurʼonning ayrim sura va oyatlari, soʻngra asosiy kitob — "Daloil ulxayrot" yodlatilgan. D.da oʻqish muddati aniq belgilanmagan. Qobiliyatli, xotirasi kuchli talabalar kitobni 2—3 oy davomida yod olganlar. Uni tugatganlarning ayrimlari islom dinining targʻibotchisi boʻlishgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil