Kontent qismiga oʻtish

Dalillarga baho berish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dalillarga baho berish — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha xolatlarni sinchkovlik b — n, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud xolatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubxa ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador, deb eʼtirof etiladi. Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va OʻzR JPKning 92-94—m.larida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi. Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi . Isbotlanishi kerak boʻlgan va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi