Dala tarixi daftari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dala tarixi daftari, temir daftar, almashlab ekish dalalari tarixi daftari — xoʻjalikning agroishlab chiqarish hujjati; almashlab ekishdagi har bir dalaning tarixi va xoʻjalikning dehqonchilik madaniyatida erishgan yutuqlari aks etadi. Daftarda jami yer fondi maydoni, ekin maydonlari tarkibi, tuproqlar tasnifi, tuproqni ishlash usullari, oʻgʻitlash tizimi kabi maʼlumotlar yilma-yil qayd etib boriladi. Daftar dehqonchilikni ilmiy asoslangan usulda olib borilishini nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil