Dakson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dakson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dakson Soares da Silva
Tavallud sanasi 11-iyul, 1987-yil
Tavallud joyi Braziliya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sousa

Dakson Soares da Silva (1987-yil, 11-iyulda Santana-do-Ipanemada tugʻilgan), yoki oddiygina Dakson — braziliyalik futbolchi, hozirda „Sousa Esporte Clube“da hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lokomotiv Plovdiv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dakson 19 yoshida, 2006-yilning yozida „Lokomotiv Plovdiv“ bilan shartnoma imzolagan edi.[1] U 2006-yil, 19-avgustda A PFG 3-raundida „Slaviya Sofiya“ga qarshi bahsda debyut qildi. Koʻpchilik uni Bolgariya futbol ligasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri va kelajak uchun ajoyib istiqbolli deb bilardir. Shuningdek, u Bolgariya fuqaroligini olishga qiziqish bildirgan.

2009-yil, 4-oktabrda „Levski Sofiya“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqada 40 metrlarcha masofadan jarima zarbasidan gol urgan, ajoyib gol urib jamoasini ochkosini saqlab qoldi. Dakson 2010-yil, 19-aprelda „Sliven 2000“ga qarshi safarda 0-0 hisobi qayt etilgan oʻyinda „Lokomotiv“ safidagi yuzinchi oʻyinini oʻtkazdi. 2012-yil, 25-mart kuni Dakson Njongo Priso bilan janjallashib, SSKA Sofiyaga qarshi oʻz uyida 3-0 hisobida magʻlub boʻldi.[2] 2012-yilning,11-iyulida Bolgariya Superkubogi doirasidagi boʻlib oʻtgan „Loko Plovdiv“ uchun soʻnggi rasmiy oʻyinida Dakson „Ludogorets Razgrad“ga qarshi 1-2 hisobi qayt etilgan oʻyinda jamoasining yagona golini urdi.

Vasco da Gama[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 20-iyulida Dakson Vasko da Gama bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, uning maoshi 180 000 yevroni tashkil qiladi. U Campeonato Brasileiro A seriyasida debyutini 24-noyabr kuni uyinda "Flamengo" ga qarshi 1-1 hisobidagi durang oʻyinda oʻtkazdi va Jonatan Marlonning oʻrniga maydonga tushdi.[3] 2-dekabr kuni Dakson „Fluminense“ga qarshi safarda 2-1 hisobida gʻalaba qozongan Vaskoning ikkinchi goliga Eder Luisga assistentlik qildi.[4]

U oʻzining birinchi golini 2013-yilning 31-yanvarida Kampeonato Kariokada "Flamengo" ga qarshi oʻz uyida 2-4 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda kiritdi.[5]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil, 1-oktabr holatiga koʻra.

Klub Mavsum Liga Shtat ligasi Kubog Kontinental Boshqa Jami
O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Lokomotiv Plovdiv 2006–07 27 3 4 1 31 4
2007–08 29 5 3 2 32 7
2008–09 24 5 0 0 24 5
2009–10 21 4 0 0 21 4
Jami 101 17 7 3 108 20
Lokomotiv Plovdiv 2011–12 21 4 4 1 25 5
2012–13 0 0 0 0 0 0 1[lower-alpha 1] 1 1 1
Jami 21 4 4 1 0 0 1 1 26 6
Vasco da Gama 2012 2 0 0 0 0 0 2 0
2013 14 2 14 2 2 1 30 5
2014 22 4 2 0 5 0 29 4
Jami 38 6 16 2 7 1 61 9
Vitória 2015 1 0 3 0 1 0 1[lower-alpha 2] 0 6 0
Náutico 2015 6 0 0 0 0 0 6 0
CRB 2016 11 0 12 1 3 1 7[lower-alpha 3] 0 33 2
Cuiabá 2016 5 2 0 0 0 0 2[lower-alpha 4] 1 7 3
2017 6 0 0 0 3 0 2[lower-alpha 5] 0 11 0
Jami 11 2 0 0 3 0 2 1 2 0 18 3
Jami karyera 189 29 31 3 25 6 2 1 11 1 258 40
  1. Bulgarian Supercup
  2. Copa do Nordeste
  3. Copa do Nordeste
  4. Copa Sudamericana
  5. Copa Verde

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

CRB
  • Kampeonato Alagoano: 2016-yil
Kuyaba
  • Kampeonato Mato-Grossense: 2017-yil


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Трансферите на ЛЯТО 2006“ (Bulgarian). topsport.bg (21-iyul 2006-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2012-yil.
  2. „Dakson Soares Da Silva profile“. soccerway.com (1-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2012-yil.
  3. „Vasco da Gama 1–1 Flamengo“. soccerway.com. Qaraldi: 24-noyabr 2012-yil.
  4. „Fluminense 1–2 Vasco da Gama“. soccerway.com. Qaraldi: 2-dekabr 2012-yil.
  5. „Dakson Soares da Silva match log“. soccerway.com. Qaraldi: 19-fevral 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]