Dakota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dakota (oʻzlarini shunday ataydilar), dakotasiu — AQSH va Kanadadagi siu guruhiga mansub indeys xalqi (Janubiy va Shimoliy D., Minnesota va Nebraska shtatlaridagi rezervatsiyalarda yashaydi. AQShda — 10 ming kishi, Kanadada — 3 ming kishi. Dindorlari — asosan, xristianlar (protestantlar va katoliklar), anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Xokasiu til oilasiga mansub dakota tilida soʻzlashadi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, dakota tili turkiy tillarga qardosh boʻlgan. Masalan, turkiy tillardagi "ichuv", "ichmoq" — icu, yutuv, "yutmoq"Dakota qabilasining totem belgisi — ajdarho.

— Yuta, "esh" (biror ishda esh, sherik boʻlmoq) — ichi, "men" — "mi", "ikki"— ik va b. D. qabilasining totem belgisi — ajdarho surati hozirgi Qozon sh.ning gerbi bilan aynan bir xil boʻlib, undan tashqari u Volga bulgʻorlari zarb etgan tangalarda aks etgan. Shuningdek, u ramz sifatida qad. turkiy xalqlar, jumladan, Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar orasida ham maʼlum boʻlgan. D.larning hunlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida L.N. Gumilyov ham fikr bildirgan (yana qarang Indeyslar).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Karimullin A. G., Prototyurki i indeysi Ameriki. Po sledam odnoy gipotezi, M., 1995.