Dahyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dahyak (fors— oʻndan bir) — 1) Buxoro amirligida vaqf yerlaridan olingan daromadning madrasa mullavachchalariga beriladigan qismi. Davlat yerlariga qoʻshib olingan vaqf yerlaridan ham D. ajratilgan. Bunday yerlar "vaqfi D.", D. oluvchi talabalar dahyakchilar deyilgan. D. olish uchun Madrasa talabalari arab tili va shariat qoidalaridan imtihon topshirishlari lozim boʻlgan. D.ning 2 karrasi dudahyak yerlari deb atalgan; 2) Xiva xonligida soliq turi. D. chigʻir bilan sugʻoriladigan yerlarda hosilning 1/10, ariq bilan sugʻoriladigan yerlarda 1/5 qismini tashkil qilar edi. Soliqsolishdagi bu tafovut chigʻir qurish va dalaga chigʻir bilan suv chiqarishning qiyinchiligiga bogʻliq boʻlgan (qarang Ushr).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil