Qoʻrquv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dahshatlidan yoʻnaltirildi)

Qoʻrquv — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Qoʻrquv koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Qoʻrquv insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Qoʻrquvdan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Qoʻrquvning har xil turlari oʻrganilgan. Qoʻrquvning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va boshqa Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Qoʻrquvni kamay-tirish mumkin. Shaxsning sust, zaif asab tizimini jonlantirish, tana aʼzolarini mashq qildirish, noxush kechinmalarni bartaraf etish orqali Qoʻrquvning tashqi ifodasini kamaytirsa boʻladi. Psixoterapevtik taʼsir oʻtka-zish vositalari yordami bilan Qoʻrquvni asta-sekin yoʻqotish imkoniyati mavjud.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]