Dahanasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dahanasoy (yuqori oqimida Shogan, Arikli, Bosmandisoy, oʻrta oqimida Yangiariq, Mozorsoy, Shirinsoy) — Tojikiston Respublikasi Oʻratepa tumanidagi soy, Sirdaryonsng chap irmogʻi. Turkiston tizma togʻining shim. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Uz. 108 km, havzasining mayd. 780 km2. D. qor, yomgʻir, koʻproq buloq va qisman kichik muzliklar suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1,82 m3/sek, quyi oqimida 1,22 m3/sek. Oqimi yil davomida oylar boʻyicha kam oʻzgaradi. Toʻlinsuv davri may-iyunda kuzatiladi. D. suvi asosan sugʻorishga sarflanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil