Dadaxon Yoqubov
Dadaxon Yoqubov (1954.20.4, Jalolquduq tumani) — jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1990). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1979). Ish faoliyatini telejurnalist sifatida boshlagan. "Hayot quvonchlari va tashvishlari" telekoʻrsatuvi, "Navroʻz" uzluksiz koʻrsatuvi bilan elga tanildi. 1992-yil may oyidan "Navroʻz" xayriya jamgʻarmasi tuzildi va shu yildan Yo. jamgʻarmaning raisi. "Hayot quvonchlari va tashvishlari", "Muhabbat mavsumi" badiiypublitsistik kitoblarida insonni eʼzozlash, milliy kadriyatlarni ulugʻlash, "Navroʻz" anʼanalarini keng targʻib qilish, teran, ayni vaqtda oddiy ijtimoiyfalsafiy fikrlar orqali Vatanga muhabbat gʻoyalari aks etgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputat (1990—95). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan takdirlangan (1999). [1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |