Dadaxon Egamberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dadaxon Egamberdiyev
Tavalludi 1901-yil
Vafoti 10-oktyabr 1938-yil
Namangan viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1913—1937-yillar

Dadaxon Egamberdiyev (1901-yil tugʻilgan — 1938-yil 10-oktyabrda vafot etgan) — Namangan shahar militsiyasi siyosiy rahbari. Sovxoz va MTS kasaba soyuzi aʼzosi. Namangan va Andijon shahri „Qo‘shchi“ soyuzi raisi. Yangiqo‘rg‘on tumani ijroiya komiteti raisi. Pop tumanidagi Bauman paxtachilik sovxozi direktori. O‘zSSR Markaziy ijroiya Komiteti tomonidan Faxriy yorliqlari sovrindori.

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dadaxon Egamberdiyev 1901-yilda Namangan viloyatining Qizilchori qishlog‘ida hunarmand-etikdo‘z oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 1938-yil 10-oktyabrdagi SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining Toshkentdagi yig‘ilishida D. Egamberdiyev otuvga hukm qilingan va oʻsha kuniyoq otib tashlangan[1]. 1926-yil fevralidan KPSS partiya aʼzosi. Partiya bileti raqami — 1368992.

Maʼlumoti — quyi. 19111913-yillari Namangan shahridagi 1-bosqichli maktabda tahsil olgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913—1916-yillari Namangan shahrida to‘quvchilik qilgan. 1916-yili mardikorlikka olib ketilgan. Soʻngra Ukrainaning Xernov shahrida joylashgan elektr zavodida ishchi, 19181920-yillarda Namangan shahrida ishchi va to‘quvchi sifatida xizmat qilgan[2]. 1920—1922-yillar oraligʻida oziq-ovqat otryadida starshina; 1922—1923 yillarda Namangan shahar militsiyasida siyosiy rahbar; 1923-yildan 1925-yilgacha komsomol sekretari o‘rinbosari; 1925—1927-yillarda Namangan shahrida, 1928-yildan 1930-yilgacha boʻlgan muddatda Andijon okrugida „Qo‘shchi“ soyuzi raisi; 1927—1928-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani ijroiya komiteti raisi; 19301937 yillarda Pop tumanidagi Bauman nomidagi paxtachilik sovxozi direktori lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan. 1932-yil paxta hosildorligini ko‘targani uchun O‘zSSR Markaziy ijroiya Komiteti tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlangan. 1937-yilgacha Pop tumani partiya komiteti plenumi aʼzosi bo‘lib ish yuritgan[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 549 bet. 
  2. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  3. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat, 292-ish — 130–133 bet.