Daša Grm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daša Grm
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Daša Grm
Davlat Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
Boʻyi 162
Murabbiyi Anya Wagner,
Gregor Urbas
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 161,16
Qisqa dastur 58,91
Erkin dastur 103,58

Daša Grm (talaffuzi: Dasha Grm; 1991-yil 18-aprel, Celje, Sloveniya) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashadigan sloveniyalik figurali uchuvchi. Sloveniyaning yetti karra chempioni (2014—2020), Jahon va Yevropa chempionatlarining ishtirokchisi. Daša 2021-yil 20-noyabr Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] reytingida 57-oʻrinni egallagan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daša 1991-yil 18-aprelda Celje shahrida (Savinjska viloyati) tugʻilgan. Uning otasi sobiq changʻi sportchisi Stanislav Grm[2]. Daša Lyublyana universiteti bitiruvchisi[3]. Yosh figurali uchuvchilar uchun xoreografiya murabbiyi boʻlib ishlaydi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daša Grm besh yoshida konkida uchishni boshlagan[3]. 2004-yilning kuzida u oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qildi. Kiyevda boʻlib oʻtgan bosqichda Grm yigirma sakkizinchi oʻrinni egalladi[4]. Grm oʻsmirlar darajasida uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan[5].

Daša Grm 2010—2011-yilgi mavsumda Yevropa chempionatida ilk bor muz maydoniga tushdi. Shuningdek, u Moskvada joylashgan „Megasport“ sport saroyining muz maydonida oʻtkazilgan „kattalar“ oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Daša 2011-yilgi qishki Universiada musobaqalarida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda u Gran-prining Rossiya bosqichida ishtirok etdi va u yerda oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi[6].

Grm oʻzining uzoq yillik faoliyati davomida turli xalqaro turnirlarda koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U Dragon Trophy (2012, 2016), Skate Helena (2013), Helmut Seibt Memorial (2015) va Ice Challenge turniri (2017) gʻolibi boʻlgan. 2014-yildan 2020-yilgacha ketma-ket yetti marta Sloveniya chempioniga aylangan.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa[5] 04/05 05/06 06/07 07/08 08/09 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 19/20
Xalqaro
Jahon chempionati 28 39 18 38 36 22 18
Yevropa chempionati 20 27 30 26 20 17 20
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 12
Challenger. Finlandia Trophy 17
Challenger. Zagrebning Oltin Konkisi 4 8 9 9 8
Challenger. Mordoviya naqshlari 6
Challenger. Icechallenge 9
Challenger. Nebelhorn Trophy 14
Challenger. Warsaw Cup 12 9
Universiada 9 11 13 10
Zagrebning Oltin Konkisi 4 18 8 5
Ondrej Nepala Memorial 9
Nitsa Xalqaro Kubogi 12
Icechallenge 8 8 8 6 1
Nebelhorn Trophy 19
Coupe Printemps 7
Crystal Skate 5
Cup of Tyrol 3
Dragon Trophy 1 2 3 1 4 3
FBMA Trophy 3
Golden Bear of Zagreb 4 2 2 5 15
Hellmut Seibt Memorial 6 1 3
Challenge Cup 22 10
Merano Cup 7
MNNT Cup 3
Prague Ice Cup 2
Skate Helena 1
Slovenia Open 2
Triglav Trophy 10 5 9
Volvo Open Cup 3 9 15
Xalqaro (Oʻsmirlar)
Jahon chempionati 25 43 46
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Belorussiya 17 16
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Velikobritaniya 27
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Vengriya 13
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ruminiya 18
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ukraina 28
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya 13
Milliy
Sloveniya chempionati 2 2 2 1 1 1 1 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings 2021/2022 — Women“ (inglizcha). ИСУ (20-noyabr 2021-yil). 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2021-yil.
  2. „Raje na led kot na skakalnico“. 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Biography - Dasa GRM“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  4. „ISU JGP Ukrainian Souvenir“. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 „Competition Results - Dasa GRM“. 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  6. „Rostelecom Cup. Радионова победила, Медведева – 2-я, Сотникова – 3-я“. 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.