Dʼalamber Jan Leron
D’Alamber (D’ Alembert) Jan Leron (1717-yil 16-noyabr - Parij - 1783-yil 29-oktaybr) — fransuz maʼrifatparvari, matematigi va faylasufi. Parij Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1754). 1751—1757–yillarda Deni Didro bilan birgalikda "Ensiklopediya"ni nashr qilgan. Matematika, gidrodinamika, astronomiya, fizika fanlarini rivojlantirishga hissa qoʻshgan. Mexanikada dinamika masalalarini statika usullari bilan yechish uning nomi bilan ataladi (D’Alamber prinsipi). Bu prinsipning mumkin boʻlgan siljishlar prinsipi bilan mantiqiy birlashishi — D’Alamber — Langranj prinsipini tashkil etadi. Moddiy sistemalar harakatining differensial tenglamalarini tuzish qoidalarini ifodalab bergan. Sayyoralarning oʻz orbitasidan chetga chiqishi nazariyasini asoslagan. Ilmiy ishlari differensial tenglamalar, qatorlar nazariyasi, algebraga oid. D’Alamber dunyoqarashiga dualizm xos. D’Alamber falsafada sensualizm mavqeida turib, moddiy olamdagi predmet va hodisalarning obyektiv mavjudligini va ularning sababiy bogʻliqligini eʼtirof etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |