D'Arcy Carden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
D'Arcy Carden
Tavalludi
Darcy Beth Erokan

1980-yil 4-yanvar
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Aktrisa
  • qiziqchi
Faoliyat yillari 2004-yildan hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi Jason Carden

D'Arcy Beth Carden (Darsy Beth Erokan)  — amerikalik aktrisa va qiziqchi. U "NBC" telekanalining "The Good Place" (2016—2020) sitkomi (komediya janri)dagi Janet roli bilan mashhur boʻlgan. U komediya serialidagi "Primetime Emmy Award" mukofotiga nomzod boʻlgan. U, shuningdek, "HBO"ning "Barry" (2018-yildan hozirgi kungacha) komediya serialida Natalie Greer rolini o'ynab kelmoqda.

Carden o'z karyerasini "Upright Citizens Brigade" teatrida improvizatsiya turidagi komediyasini ijro etish bilan boshlagan. U bir nechta teleseriallarda, jumladan, "Inside Amy Shumer" (2015), "Broad City" (2014—2019), "Crazy Ex-Girlfriend" (2016) va "Veep" (2017) kabi seriallarda rol o'ynadi. Shuningdek u "Other People"(2016), Let it Snow (2019) va "Bombshell "(2019) kabi ko'plab filmlarda suratga tushgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darsy Beth Erokan Kaliforniyaning Danvil shahrida tug'ilib o'sgan. Uning otasi Dennis William Mustafo Erokan Turkiyaning Istanbul shahridan bo'lib, bolaligida Kaliforniyaga ko'chib kelgan. U "MicroTimes" va "Bay Area" kabi mahalliy jamoat teatrida faoliyat yuritdi. U musiqa jurnali "BAM" asos soldi.[1] Uning Miranda va Lany ismli ikkita singlisi va bitta ukasi Will bor. U o'rta maktabda o'qib yurganida "The Smashing Pumpkins" guruhining D'arsy Wretzkyga taqlid qilib o'z ismining imlosiga apostrof qo'shgan.[2][3]

1998-yilda u "San-Ramon Valley" o'rta maktabini tugatdi va keyinchalik "Janubiy Oregon" universitetida tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha bakalavr diplomini oldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejni tugatgach, Carden Nyu-York shahriga ko'chib o'tdi.[4] U "Venus Rising" musiqiy-komediya kompaniyasiga ishladi va 2001-yilda u San-Fransiskoda yashovchi do'stlari haqidagi Seven Hearts musiqiy filmida ishtirok etdi.[5] Keyingi yili u bayram shousida rol o'ynadi. Undagi bosh qahramon, oilasi yangi yil ruhini saqlab qolishdan ko'ra, uning xudbin singlisining to'yidagi tashvishlarga berilib ketganidan xafa bo'ldi. U rejissor va produser sifatida ham ishlagan.[6] Aktyorlik karyerasini davom ettirishning boshida Karden "Bill Hader" uchun enaga bo'lib ishlagan.[7][8]

Bir do'sti Cardenni "Upright Citizens Brigade" teatrida (UCBda) improvizatsiya qiluvchi komediya shousiga taklif qildi.[9] Cardenga shou juda yoqdi va u maxsus darslarga yozildi va guruh bilan rivojlanishda davom etdi. U 2004-yilda UCB bilan ish boshlagan va keyinchalik UCB Touring kompaniyasi bilan gastrollarda bo'lgan.[10] 2010-yilga kelib, u Nyu-Yorkdagi sayohat avtobuslarida namoyish etilgan "The Ride" interaktiv shousining aktyorlar a'zosi bo'lganida, turmush qurganida olgan "Carden" familiyasini faoliyatida ishlatgan.[11] 2013-yilda Carden “Terrible Babysitters" (Dahshatli enagalar) filmida suratga tushdi va oʻz rolini oʻynadi.[12][13]

Carden UCB bitiruvchilari bo'lgan Ilana Glazer va Abbi Jacobson tomonidan yaratilgan "Comedy Central"ning "Broad City"(Keng shahar - 2014—2019-yillar) serialida Gemma rolini o'ynagan. Carden shuningdek, "Inside Amy Shumer" (2015), "Crazy Ex-Girlfriend" (2016) va "Veep" (2017) komediya seriallarida rollarida ishtirok etgan. "ISteve"(2013) parodiya filmi va "To Do List"( 2013) romantik komediyasidagi kichik rollardan so'ng, u mashhur "Other People"(Boshqa odamlar (2016)) komediya-drama filmida Jessica rolini ijro etdi.

2016-yilda Carden jonli teleefirlarda virtual yordamchi Janet sifatida rol o'ynay boshladi.[14][15][16] NBCning komediya seriyasi bo'lgan "The Good Place"(Yaxshi joy) rol o'ynagan. Seriyaldagi ijrosi uchun u tanqidlarga uchradi va hattoki nominatsiyalarga sazovor bo'ldi. "Primetime Emmy Award" mukofotida komediya seriyasidagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa sifatida taqdirlandi.

2018-yildan beri Carden Hader bosh rolini oʻynagan "HBO" qora komediya seriali "Barry"da Natalie Greer rolini takrorladi.[17] 2018 va 2019-yillarda aktyor hamkasblari bilan birgalikda "Screen Actors Guild Award"ga nomzod boʻlgan.[18][19]

2019-yilda u "Greener Grass"(Yashil o't) komediya filmida, "Let it Snow" (Qor tushsin) romantik komediya filmida va "Bombshell " drama filmida rollar ijro etgan. U, shuningdek, Netflix komediya seriyali hisoblangan "Bonding" va "Adult Swim" animatsion komediya serialida qatnashgan.

2020-yilda Karden "Quibi"ning sirli-komediya seriyali "Mapleworth Murders"da rol ijro etib kelmoqda.[20]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carden produser Jason Grantni do'stlari bilan Disneylendga sayohati paytida uchratdi. Ular 2010-yil 31-iyulda turmush qurishdi. 2013-yilda er-xotin Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga ko'chib o'tishdi.[21][22]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2010 Pet-O-Rama D'Arcy Short film
2011 Bachelorette Ashley Is Single Again Ashley
2011 Mob Wives Karen Gravano
2012 Mob Wives 2: The Christening
2013 iSteve News Anchor
2013 The To Do List Movie Patron
2013 Anna Kendrick Goes K-Pop with F (x) Jill Tigerman Short film
2014 I Know You Think I Farted Linda
2014 We Make That Lemonade Mom with Stroller
2015 Unengaged Liz
2016 Other People Jessica
2018 Papi Chulo Susan
2019 Greener Grass Miss Human
2019 Let It Snow Kira
2019 Bombshell Rebekah
2021 Ride the Eagle Audrey
2022 Shotgun Wedding Harriet Post-production

Television[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Serial va film Rol
2009 Homeschooled Betty
2009–2013 UCB Comedy Originals Herself
2009–2011 Rhonda Casting Rhonda Basmati
2010 Naked in a Fishbowl Lucy
2011 Diamonds Wow! Unknown
2011–2012 Jest Originals Various roles
2013 Inside Amy Schumer Emily
2013–2015 Comedy Bang! Bang! Barbara Fleen / Assistant
2014–2019 Broad City Gemma
2015 Adam Ruins Everything Future Wife
2016 Crazy Ex-Girlfriend Eyebrows Girl
2016–2020 The Good Place Janet
2017 Veep Congresswoman
2018–2023 Barry Natalie Greer
2018 An Emmy for Megan D'Arcy Carden
2018–2020 American Dad! Sophia / Police Dispatch (voice)
2019 Bonding Daphne
2019 Last Week Tonight with John Oliver Homeowner
2019 Human Discoveries Leader Elk (voice)
2019 Robot Chicken Various voices
2019–2020 The Rocketeer Polly Poly / AVA (voice)
2020 Single Parents Kay
2020 Mapleworth Murders Server
2020 Archer Hands (voice)
2021 No Activity Erika (voice)
2021 Creepshow Renee Sherman
2021 Poorly Drawn Lines Tanya (voice)
2021–2022 DreamWorks Dragons: The Nine Realms Linda (voice)
2022 The Ghost and Molly McGee Pango (voice)
2022 Killing It Sloane Faulkner
2022 A League of Their Own Greta

Veb-seriya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014–2016 CollegeHumor Originals Mom 3-epizodda
2016 CollegeHumor - If Google was a Guy (5) Denier

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Uyushma Turkum Ishlash Natija
2019
Screen Actors Guild Award Komediya serialidagi ansamblning ajoyib chiqishi Nominatsiyga qo'yilgan
2020 Critics' Choice Television Award Komediya serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa Nominatsiyga qo'yilgan [23]
Screen Actors Guild Award Komediya serialidagi ansamblning ajoyib chiqishi Nominatsiyga qo'yilgan [24]
Primetime Emmy Award Komediya serialidagi ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa Nominatsiyga qo'yilgan [25]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Barney. „Danville's D'Arcy Carden: In heaven in new NBC comedy 'The Good Place'“. The Mercury News (6-sentabr 2016-yil). 3-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  2. Jung, E. Alex. „The Good Place's D'Arcy Carden Shows Us How Janet Fell on Her Face 40 Times“ (inglizcha). Vulture.com. New York (6-oktabr 2017-yil). 3-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
  3. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  4. „'The Good Place' star D'Arcy Carden's rise from UCB“ (inglizcha). New York Daily News (21-sentabr 2017-yil). 25-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
  5. Craig, Pat. Venus Company on the Rise Once More: This Time Out, The Theater Group Showcases an Innovative Piece. Contra Costa Times (17-avgust 2001-yil), s. 25.
  6. King, Paula. Venus Rising Makes Magic with Holiday Show. Contra Costa Sun (18-dekabr 2002-yil), s. 16.
  7. Bucksbaum. „'Saturday Night Live' Used to Terrify Bill Hader“ (inglizcha). Nerdist.com (11-yanvar 2018-yil). 28-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2018-yil.
  8. Malkin, Marc. „Bill Hader on Why He Was "Very Nervous" to Play a Hitman in 'Barry'“. The Hollywood Reporter (22-mart 2018-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2018-yil.
  9. Andreeva, Nellie. „'Good Place': UCB Performer D'Arcy Carden Cast In Mike Schur NBC Series“ (inglizcha). Deadline (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  10. „D'Arcy Carden“. Upright Citizens Brigade. 11-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  11. Huguenin, Patrick. „New NYC tour bus gets riders up close and personal“. New York Daily News (9-oktabr 2010-yil). 25-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  12. In Focus. The Ellwood City Ledger (5-iyul 2013-yil), s. 24.
  13. "„Terrible Babysitters“. Blip.tv. Blip Media. 23-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2019-yil.
  14. Jenson, Jeff. „'The Good Place' Review“. Entertainment Weekly (19-sentabr 2016-yil). 16-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  15. Carley, Brennan. „The Good Place's D'Arcy Carden Would Like You to Know She's Not a Robot“ (inglizcha). GQ (23-sentabr 2017-yil). 14-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2018-yil.
  16. Romain. „Visit Janet's Void from 'The Good Place' Thanks to This Live Stream“. Nerdist.com (4-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2019-yil.
  17. „Can D'Arcy Carden Do Everything?“ (inglizcha). Brooklyn Magazine (26-sentabr 2017-yil). 14-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.
  18. Nordyke. „Outstanding Performance by a Cast in a Motion Picture - SAG Awards: 'A Star Is Born' Tops Film Noms; 'Mrs. Maisel,' 'Ozark' Lead TV“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (12-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2019-yil.
  19. „The 25th Annual Screen Actors Guild Awards“. sagawards.com. Screen Actors Guild Awards. Qaraldi: 15-may 2019-yil.
  20. Porter. „Lorne Michaels' Quibi Murder Mystery Lines Up All-Star Cast“. The Hollywood Reporter (3-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 7-iyul 2020-yil.
  21. „D'Arcy Carden“. NBC. 3-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
  22. Rich, Katey. „How D'Arcy Carden "Yes, and"-ed Her Way to Stardom“ (inglizcha). Vanity Fair (22-iyun 2018-yil). 18-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2018-yil.
  23. THR Staff. „Best Limited Series - Critics' Choice Awards: 'The Irishman' Leads With 14 Nominations“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (8-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.
  24. Hipes. „SAG Awards Nominations: 'Bombshell', 'The Irishman', 'Once Upon A Time In Hollywood' Top Film List, 'Maisel,' 'Fleabag' Score In TV – Complete List Of Noms“. Deadline Hollywood (11-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  25. „2020 Emmy Nominations: Live Updates“. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]