Conny Pohlers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Conny Pohlers
Pohlers 2008-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Conny Pohlers[1]
Tavallud sanasi 16-noyabr 1978-yil (1978-11-16) (45 yosh)
Tavallud joyi Halle, Germaniya Germaniya
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985–1994 FSV 67 Halle
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994–1997 1. FFC Turbine Potsdam 1 (1)
1997 TuS Niederkirchen 4 (4)
1997–2007 1. FFC Turbine Potsdam 151 (171)
2003 Atlanta Beat
2007–2011 1. FFC Frankfurt 59 (60)
2011–2014 VfL Wolfsburg 63 (41)
2013Washington Spirit (ijara) 13 (1)
Milliy terma jamoa
2001–2011 Germany 67 (28)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Conny Pohlers (1978-yil, 16-noyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. 1998-yildan ayollar Bundesligasida, 2001-yildan esa Germaniya terma jamoasida o'ynagan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U, Halle shahrida tug'ilgan, Pohlers futbol o'ynaydigan oiladan. Uning otasi o'ynagan va onasi bir vaqtlar mintaqaviy ligada eng yaxshi to'purar bo'lgan. U birinchi marta etti yoshida FSV '67 Halle klubi bilan o'ynagan. 1994-yilda u FFC Turbine Potsdamga kuchib o'tibdi. 2003-yilgi mavsumda u Atlanta Beat bilan Amerika professional ligasi WUSAda o'ynadi. 2007-yil fevral oyida u 2007-08-yilgi mavsum uchun Frankfurt FFC klubiga o'tishini e'lon qilidi. 2013-yilda VfL Wolfsburg jamoasida o'ynab, yana Bundesliga chempioni bo'ldi va 19-may kuni u Wolfsburg klubining sobiq jamoasi Turbine Potsdamga qarshi kubok finalida 3-2 hisobida jamoasi bilan g'alaba qozondi.

2013-14-yilgi mavsumdan so'ng u faoliyatini yakunladi.[2]

Xalqaro o'yinlardagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yo'q. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2003-yil, 27-sentabr Robert Kennedi memorial stadioni, Vashington, AQSh Argentina 5–1 6–1 2003-yil FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bundesliga: 2004, 2006, 2008, 2013, 2014
  • DFB-Pokal: 2004, 2005, 2006, 2008, 2011, 2013
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi 2005, 2008, 2013, 2014

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati: 2003-yil
  • Yozgi Olimpiya o'yinlarida futbol: Bronza medali 2004, 2008
  • UEFA ayollar chempionati: 2005-yil
  • Algarve kubogi: 2006-yil

Shaxsiy sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bundesliganing eng yaxshi to'purar: 2002,[3] 2006, 2011
  • 48 gol bilan UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi tarixidagi uchinchi to'purar[4]
  • UEFA ayollar chempionlar ligasining eng yaxshi to'purari: 2004–05

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Conny Pohlers at Olympedia Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  2. „Conny Pohlers beendet Karriere mit zwei Titeln“ (9-iyun 2014-yil). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  3. „Frauen-Bundesliga: Torschützenliste 2001–02“ (German). German Football Association (18-iyun 2002-yil).
  4. „Mittag breaks Pohlers goal record“. UEFA (11-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 12-aprel 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]