Coi Leray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Coi Leray
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Coi Leray Collins
1997-yil 11-may
Boston, Massachusetts, Qo'shma Shtatlar
Kasbi Reper • qo'shiqchi
Leybl 1801 • Republic • Uptown
Janr Hip hop • pop
Faoliyat yillari 2011–hozirgacha
Veb-sayt coileray.com

Coi Leray Collins — (1997-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik reper va qoʻshiqchi. Leray SoundCloud-ga musiqa joylashni boshladi va 2018-yilda oʻzining „Huddy“ singlini va Everythingcoz miksteypini chiqardi. „Republic Records“ leybli bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u oʻzining ikkinchi miksteypi EC2ni chiqardi. 2021-yilda Lil Durk bilan hamkorlikdagi „No More Parties“ singlining remiksi Billboard Hot 100 roʻyxatda 40-oʻrinni egalladi va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan platina sertifikatiga sazovor boʻldi. 2022-yilda Leray oʻzining „Trendsetter“ debyut studiyaviy albomini chiqardi, albom Nicki Minaj bilan hamkorlikdagi „Blick Blick“ singlini oʻz ichiga olgan, u ham Billboard Hot 100ning eng yaxshi 40 taligiga kirgan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coi Leray 1997-yil 11-mayda Bostonda tugʻilgan[1] va Nyu-Jersi shtatining Xakensak shahrida oʻsgan[2][3]. U reper va mediamagnat Benzinoning qizi va besh ukasi bor. Lerayning ota-onasi otasi The Source jurnalida ishdan ketganidan keyin keyin ajrashishdi[4]. U 14 yoshida musiqa yaratishni boshlagan[5]. 16 yoshida Leray oʻrta maktabni tashlab, savdo sohasida ishlay boshladi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coi Leray 2011-yilda otasidan ilhomlanib, u rep kuylashni boshladi va YouTube orqali „Bow Down“ va „Rock Back“ nomli birinchi qoʻshiqlarini chiqardi[6][7]. Biroq, koʻp oʻtmay, Leray rep qilishni toʻxtatdi. Ishini tashlaganidan soʻng, Leray 2018-yilda SoundCloud orqali A Boogie wit da Hoodiening „DTB“ qoʻshigʻiga javob boʻlgan debyut singlini chiqardi.

2018-yil dekabr oyida u LouGotCash bilan birga amerikalik reper Ski Mask the Slump God va qo‘shiqchi Jacqueesning 2018-yilgi „Spider-Man: Into the Spider-Verse“ filmining saundtrek albomidan „Save the Day“ trekida taniqli ijodkor sifatida ishtirok etdi. Uning ikkinchi miksteypi „EC2“ 2019-yil 18-yanvarda 1801 Records va Republic Records orqali chiqarildi[8]. U 2019-yil boshida amerikalik reper Trippie Reddning „Lifeʼs a Trip Tour“ tur konsertida hamrohlik qildi[9] va 2019-yil mart oyida „Good Days“ singlini chiqardi. U Trippie Reddning ikkinchi studiya albomidagi „Everything BoZ“ qoʻshigʻida taniqli ijodkor sifatida paydo boʻldi. 2020-yil aprel oyida u amerikalik reper Fetty Wap bilan „Better Days“ singlini chiqardi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiya albomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Tafsilotlar Chartdagi oʻrni
US
[10]
US
R&B/HH

[11]
Trendsetter
  • Chiqarilgan sana: 8-aprel, 2022
  • Leybl: Republic, 1801, Uptown
89 49

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Tafsilotlar
Everythingcoz
  • Chiqarilgan sana:30-mart, 2018
  • Leybl: Shaxsiy ijod
EC2
  • Chiqarilgan sana: 18+yanvar, 2019
  • Leybl: 1801, Republic

Kengaytirilgan singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Tafsilotlar
Now or Never
  • Chiqarilgan sana: 14-avgust, 2020
  • Leybl: 1801, Republic

Awards and nominations[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil Nominatsiya Kategoriya Natija
BET Awards 2021 Coi Leray Best Female Hip hop Artist Nominatsiya
Best New Artist
BET Hip Hop Awards Best New Hip hop Artist Nominatsiya
IHeartRadio Music Awards 2022 Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Coi Leray“. HotNewHipHop.
  2. Cheng, Vivian „Year of the Coi“ (en). Office Magazine (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  3. Ju, Shirley „Coi Leray Is Feeling Cozy With Her Fame“ (en). LA Weekly (2019-yil 21-fevral). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  4. Smith, Talia Tabatha Binx „Women in Hip-Hop: The Voices of Our Generation“ (en). Paper (2019-yil 28-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  5. „Coi Leray On Fetty Wap 'Better Days' Collab And Why It's Special To Be A Woman Rapper Now“ (en). BET (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
  6. Alston, Trey „Try As You Might, You Can't Stop Coi Leray“ (en). Highsnobiety (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
  7. „Coi Leray & Benzino's Family History & Beef, Explained“ (en). HotNewHipHop (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  8. Cho, Regina (January 18, 2019). „Coi Leray On Her Rise to Fame & Deal With Republic Records: Exclusive“. Billboard (inglizcha). Qaraldi: April 14, 2021.
  9. Ju, Shirley „Trippie Redd talks new '!' album, XXXTentacion, Lil Wayne, Coi Leray relationship and more“ (en). Revolt (2019-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  10. „Billboard 200: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
  11. „Top R&B/Hip-Hop Albums: Week of April 23, 2022“. Billboard. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.