Clinton Haines

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Clinton Haines
Tavalludi 10-aprel 1976-yil
Vafoti 10-aprel 1997-yil(1997-04-10)
(21 yoshda)
Kvinslend, Avstraliya
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi Xaker

Clinton 'Clintʼ Haines (10-aprel 1976-yil – 10-aprel 1997-yil St Lucia, Kvinslend, Avstraliya) avstraliyalik kompyuter xakeri edi. Shuningdek, Harry McBungus, TaLoN va Terminator-Z nomlari bilan ham tanilgan[1].

Haines Ipswich grammatika maktabida oʻqigan. U oʻzining assembler tilidagi birinchi kompyuter virusini 1990-yillarning boshida A86 dasturi yordamida yaratgan.

Haines NoFrills, Dudley, X-Fungus/PuKE, Daemaen va 1984-yildagi viruslarning yaratuvchisi hisoblanadi. NoFrills Avstraliya soliq idorasini (ATO) tizimini buzib kirgan[2]. Bu virus kompaniya menejeri Len Grooves tomonidan „mutlaqo xavfsiz“ deb taʼriflangan. Grooves shunday qoʻshimcha qilgan: „Bu normal virus… Uni kompyuter sohasida oʻqiydigan birinchi kurs talabasi yaratishi mumkin edi. Aslida, unda dizayn va kodlar bilan bogʻliq juda jiddiy xatolar bor edi. Men bu dasturchini ishga olmagan boʻlardim“[2]. Shunga qaramay, ATO virus tarqalishining oldini olish uchun virus yoʻq qilinmaguncha barcha 15 000 kompyuterlarini oʻchirishga qaror qilgan[3].

Uning Dudley virusi Telstra (oʻsha paytda Telecom Australia deb atalgan) kompyuterlarini zararlagan. Ularning tizimini ikki soat ichida oʻchirib qoʻygan[4]. Dudley virusi No Frills kodining [Oi Dadley! [PuKE] matni bilan yaratilgan koʻrinishi edi.

Haines 1997-yilda Brisbenda 21 yoshini nishonlayotganida geroinning dozasi oshib ketishi oqibatida vafot etgan[4][5][6]. Vafotiga qadar u Kvinslend universitetining mikrobiologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyogan edi[4]. Uning sharafiga VLAD taxallusli xaker tomonidan RIP Terminator-Z nomli kompyuter virusi yaratilgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Robotham. „The hacker who burned too bright“. The Sydney Morning Herald (1997-yil 28-aprel). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Lowe. „Take a pill and don't call us in the morning“. The Sydney Morning Herald (1995-yil 7-mart). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Robotham. „Death of the virus king“. The Sydney Morning Herald (1997-yil 5-may). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 4,2 Robotham. „Death of the virus king“. The Sydney Morning Herald (1997-yil 5-may). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Robotham, Julie (5 May 1997). „Death of the virus king“. The Sydney Morning Herald. Archived from the original on 17 August 2017.
  5. Julie Robotham. „Live fast, die young: Obsessed by viruses and heroin“. The Sydney Morning Herald (1997-yil 6-may). 2007-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Lowe. „The hacking hall of fame“. The Sydney Morning Herald (1998-yil 27-oktyabr). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Robotham. „The hacker who burned too bright“. The Sydney Morning Herald (1997-yil 28-aprel). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Robotham, Julie (28 April 1997). „The hacker who burned too bright“. The Sydney Morning Herald. Archived from the original on 18 October 2016.