Kontent qismiga oʻtish

Christian Dior

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Christian Dior
Christian Dior 1954
Christian Dior 1954-yilda
Tavalludi 21-yanvar 1905-yil
Vafoti 24-oktyabr 1957-yil(1957-10-24)
(52 yoshda)
Montecatini Terme, Tuscany, Italiya
Fuqaroligi Fransiya
Taʼlimi Sciences Po[1]
Otasi Maurice Dior
Onasi Madeleine Martin

Christian Ernest Dior (1905-yil 21-yanvar – 1957-yil 24-oktyabr) – fransuz dizayneri, dunyodagi eng mashhur moda uylardan biri Christian Dior SE brendining asoschisi. Uning moda uyi atigi 10 yil ichida „besh qitʼada tan olingan“ modalar uyi sifatida jahon miqyosida shuhrat qozongan[2].

Dior Ikkinchi jahon urushi davrida modalar sanoatini saqlab qolish maqsadida turli mashhur modachilar bilan ishlagan. Urush tugagach, u Dior moda uyini tashkil etib, oʻzining mashhur „New Look“ (Yangi qiyofa) kolleksiyasini taqdim etdi. 1947-yilda ilk bor namoyish etilgan bu kolleksiya yumaloq yelkalar, ingichka bel va juda keng yubkalari bilan ajralib turgan. „New Look“ ayollar modasida nihoyatda nafislik va hashamatni ulugʻlagan.

Christian Dior butun umri davomida, shuningdek, vafotidan keyin ham „Eng yaxshi kostyum dizayni“ nominatsiyasida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. U 1957-yilda vafot etgan.

Fransiyaning Granville shahridagi Christian Dior uy muzeyi

Dior moda uyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1946-yilda muvaffaqiyatli tadbirkor Marcel Boussac Christian Diorni 1925-yilda tashkil etilgan Philippe et Gaston nomli Parij moda uyida dizayner sifatida ishlashga taklif qildi[3]. Ammo Dior bu taklifni rad etdi, chunki u eski brendni qayta tiklashdan koʻra oʻz nomi ostida yangi moda uyini yaratishni istardi[4]. 1946-yilda Boussacning moliyaviy yordami bilan Dior oʻzining moda uyiga asos soldi, kompaniyani boshqarishda toʻliq mustaqillikka ega boʻldi va oyligidan tashqari foydaning uchdan bir qismi oʻziga tegishini kafolatlab oldi[5]. Uning birinchi kolleksiyasi 1947-yil 12-fevral kuni taqdim etilgan boʻlib, „Corolle“ (lotincha soʻz boʻlib, „gul barglarining aylana shaklidagi qismi“ degan maʼnoni bildiradi) deb nomlangan[6]. Diorning ilk kolleksiyasi 90 ta libosdan iborat boʻlib, ularning har biri alohida obraz sifatida namoyish etilgan[7].

Dior 1957-yil 24-oktyabrda Italiyaning Montecatini shahrida taʼtilda boʻlgan vaqtida tushdan keyin karta oʻynayotgan paytida uchinchi yurak xurujidan vafot etgan[8][9].

Ruminiya markasidagi Diorning tasviri (2005)
  1. Nowinski, Elodie „Christian Dior: A Passion for Beauty“. Sciences Po (2015-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 18-fevral.
  2. „The History of the House of Dior“ (2018-yil 20-noyabr). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Palmer. „Dior's Scandalous New Look“. ROM Magazine. Royal Ontario Museum (spring 2010). Qaraldi: 2015-yil 6-noyabr.
  4. Pochna, Marie-France. Christian Dior: The Man Who Made the World Look New, 1st English language, New York: Arcade Pub., 1996 — 90–92-bet. ISBN 978-1-55970-340-6. 
  5. Sinclair, Charlotte. Vogue on Christian Dior, Internet Archive, London : Quadrille, 2012. ISBN 978-1-84949-112-9. 
  6. „- Christian Dior Finance“. www.dior-finance.com. 2008-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Sowray. „Christian Dior“ (en-GB). British Vogue (2012-yil 5-aprel). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  8. „Died. Christian Dior, 52“. Time (1957-yil 4-noyabr). 2007-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-mart.
  9. „History of Christian Dior S.A.“ (en). FundingUniverse. Qaraldi: 2025-yil 29-may.