Chottopaddhaya Shorotchondro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chottopaddhaya Shorotchondro (1876.15.9, Debanandapur qishlogʻi, Bengaliya — 1938.16.1, Kalkutta) — hind yozuvchisi. Bengal tilida ijod etgan. 1903—16 yillar Birmada yashagan. 20-asr boshlarida esa hind xalqining milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. Ch. ijodida ham romantizm (1yarmida), ham realizm (2yarmida) unsurlarini koʻrish mumkin. Asarlarida Hindistondagi kastachilik tizimida hind ayolining takdiri, hind jamiyati turli jabhalaridagi hayotiy masalalar aks ettirilgan. ["Qishloq jamoasi", 1916; "Yoʻldan adashganlar", 1917; "Yondirilgan uy", 1920, "Shrikanto" (1— 4qism), 1917— 33 va boshqa]. "Yoʻl bering" (1926) romani hind adabiyotida dastlabki siyosiy va antimustamlakaviy asardir. "Oxirgi savol" (1931) romani esa maʼnaviyaxloqiy va diniy anʼanalarning bugungi kun bilan oʻzaro munosabati muammosiga bagʻishlangan.