Kontent qismiga oʻtish

Chortoq mineral suvi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chortoq mineral suvi - shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boʻyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning temperaturasi 30°. Chortoq shahridan 7 km shim.sharkda Chortoqsoy sohilida "Chortoq" sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953-yil neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgʻi quduqlari (ZOYU m gacha) yordamida mineral suv topilgan. Baktriya seriyasi konglomeratlarida 150– 500 m oraliqda 4 ta suv oʻtkazuvchi gorizont ochilgan, chuq. 507 m li burgʻi qudugʻi 1958-yil Fargʻona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959-yilda foydalanishga topshirilgan. Burgʻi qudugʻining debiti (sarfi) 2 atm bosimda 7 l/sek atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvis. esa, yuqori minerallashgan (60 g/l gacha), gipertermalli (trasi 72° gacha), xloridnatriykaltsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod (19–48 mg/l) va brom (25 mg/l) boʻlgan gaz chikaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga koʻra, bu suv balneologik nuqtai nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250–1550 m chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora boʻlib chikuvchi suvlar bazasida "Chortoq" sanatoriysi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu suv tayanchharakat organlari, poliartrit, meʼdaichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va boshqa kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtai nazaridan, balki sanoat uchun zarur boʻlgan yod ajratib olish obʼyekti sifatida ham ahamiyatga ega.