Chorlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chorlash, chaqiriq — Turkiston xalklarida nikoh toʻyidan soʻng kelin yoki kuyov sharafiga har ikki kuda uyida oʻtkaziladigan 1chaqiriq, ziyofat, marosim. Oʻzbeklarda kelin Ch. (chorlar) toʻydan keyin bir hafta ichida kelinning oʻz otaonasinikiga kuyovning yaqin qarindoshlari, qoʻniqoʻshnilari bilan mehmon boʻlib borishidir (erkaklar ishtirok etmaydi). Bunda kuyovning onasi qudasinikiga har xil sovgʻalar, milliy taomlar, shirinlik va boshqa keltiradi. Kelinning onasi ziyo fat tugagach, ayol kudalarga sovgʻa, qiziga esa boshoyoq sarpo qoʻyadi. Ch. bilan qudalarning rasmiy qarindoshchiligi boshlangan. Kuyov Ch. (chaqiriqda) 1farzand koʻrgunga qadar kuyov yaqin qarindoshurugʻlari, mahalladagi eʼtiborli kishilar, doʻstlari (faqat erkaklar) bilan qaynatasinikiga boradi. Kuyovning qaynatasi oʻz imkoniyatiga yarasha kuyoviga va uning qarindoshlariga sovgʻalar beradi. Hozirda Ch. marosimi yoʻqolib bormoqda.