Choqadambuloq temir koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Choqadambuloq temir koni - Tojikiston Respublikasining Sugd viloyatidagi kon. Xoʻjand shahridan 20 km shimsharqda, Qoramozor togʻlarida joylashgan. Ruda qamrovchi metasomatitlar (skarnlar) amfibolitlanish, epidotlanish, xloritlanish, karbonatlanish, kvarslanish va boshqa oʻzgarishlarning koʻp qavatli namoyonlarini oʻzida aks ettiradi. Choqadambuloq temir konik. skarnmagnetitli sanoat tipiga mansub. Asosiy rudali minerallari: magnetit, pirit, galenit, sfalerit, xalkopirit, gematit va boshqa Parametrlari boʻyicha Choqadambuloq temir konik. kichik konlar tipiga mansub, ayrim joylarda temir tarkibi yuqori (30—50% dan koʻproq).