Chopovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chopovul, chapovul (chopmoq, gʻorat qilmoq) — 1) Temuriylar, Shayboniylar, Oʻrta Osiyo xonliklari qoʻshinida dushman kuchlari yoki qishloq yoxud shaharlariga qoʻqqisdan hujum qilib, uni parokandaga uchratish maqsadida keng qoʻllanilgan taktik amaliyot; 2) gʻanim harbiy kuchlariga, unga tegishli obʼyektlarga toʻsatdan hujum qilib, oʻlja keltiruvchi suvoriy guruh. Bunday otliq guruh, shuningdek, chopovulchi istilohi bilan ham anglashilgan.