Choliqushi (film, 1966)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Choliqushi — 1966-yilda suratga olingan turk filmi.

Ushbu film 1922-yilda Reshat Nuri Guntekin tomonidan chop etilgan xuddi shu nomdagi roman asosida suratga olingan boʻlib, ssenariysi Usmon F. Seden tomonidan kino uchun moslashtirilib qayta yozilgan va shu asosida ushbu qora va oq film sahna yuzini koʻrgan[1]. Filmning operatori — Kenan Kurt. Juda katta aktyorlik ishtirokidagi filmda bosh rollarni Turkan Shoray, Kartal Tibet, Parla Shenol, Kadir Savun va Zeynep Değirmenciogʻlu ijro etgan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalik davrida onasidan ayrilgan Ferideni(Turkan Shoray) xolasi oʻz tarbiyasiga oladi. Feride otasiniiofitser boʻlgani sababli kamdan kam ko‘radi. Bir muncha vaqt taʼtilda boʻlgan otasi uni fransuz qizlari oʻqiydigan Dame de Sion maktab-internatiga beradi. U yerda shoʻxligi bilan tanilgan, daraxtlardan tushmaydigan Feridega „Choliqushi“ laqabini qoʻyishadi. Yillar oʻtib Feride ulgʻayadi. latofatli boʻlib ulgʻaygan qiz xolasining kelishgan oʻgʻli Kamronni (Kartal Tibet) sevib qoladi. Ayni paytda Kamron ham uni yoqtirar, uchrashish maqsadida maktabiga tez-tez tashrif buyurar edi. Ishqiy munosabat kattalashib, ular unashtirilishadii. Lekin toʻyga oz qolgan vaqtda Feride orada boshqa ayol bor degan yolgʻonlarga ishonib, uydan qochib vazirlikka murojaat qiladi va Istanbuldan uzoqroqqa oʻqituvchilik qilishni soʻraydi. U urushdan qashshoq qolgan Anadoludagi qishloqda dars bera boshlaydi. Asar davomida muallima Feridening iztiroblari, qiyinchiliklari tasvirlanadi.  

Film haqida eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Filmda katta aktyorlar ishtirok etadi. Filmning afishasida yozilganidan farqliroq filmda 57 nafar mashhur turk filmi yulduzlari ishtirok etgan. Ushbu ulkan spektaklda 1960-yillarning deyarli barcha mashhur kino va teatr aktyorlari rol oʻynagan. Bu film bilan turk kinosida katta aktyorlar ishtirokidagi filmlar davri boshlandi.
  • Ushbu film rejissyori Usmon Fahir Seden 1986-yilda yana „Choliqushi“ ni suratga oldi, bu safar serial sifatida ekran yuzini koʻrdi. Ushbu mini-serialda bu safar bosh rollarni Aydan Shener, Kenan Kalav va Sadri Alishik ijro etishdi[2].
  • Film 20-Xalqaro Istanbul kinofestivalida namoyish etildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Çalıkuşu (roman)Filmin romanı hakkında bilgi
  2. IMDb’de Movie Connections
  3. „Filmarşivi.net“. 2 ocak 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 şubat 2008.