Chola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chola — qadimda va oʻrta asrlarda Jan. Hindistondagi davlat va hukmron sulola. Ch. davlatining tarixiy markazi (Cholamandala) Tanjavur rnida joylashgan. Davlat tili — tamil tili boʻlgan. 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida Ch. kuchaygan, unga Tamilnadning boshqa rnlari (Pandyamandala, Tondaymandala, Kongumandala), Kerala, Karnataka, Andxraning bir qismi, Shri Lanka o. tobe boʻlgan. Bu davrda Tamilnadning iqtisodiy va madaniy yuksalishi kuzatilgan. 13—18a.larda Ch. xonadoniga mansub shaxslar Jan. Hindistondagi bir qator mayda knyazliklarni boshqarishgan.