Chobahar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chobahar manzarasi

Chobahar [1], sobiq Bandar-Bixishti (forscha: چابهار Eronning janubi-sharqidagi joylashgan port shahri hisoblanadi. Sistan va Baluchiston viloyatining, Ummon koʻrfazida joylashgan. Chobahor okrugining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Erkin savdo qilish uchun zonadir. Aholisi — 106 739 [2] kishi (2016-yil hisobiga koʻra), asosan balujlar va forslar yashashadi . Eronning Bandar Abbosdan keyingi eng yirik porti boʻlgan Chobahar porti ham „Shimol-Janub“ transport koridorining asosiy zonalaridan biridir.

Tarix va siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixda Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniya kabi eng kuchli davlatlar Chobaharni boʻysundirish uchun kurashganlar. Chobahardan 9 kilometr g‘arbda (Qajarlar davrida) Tis tepaligidagi Portugal qal’asining qadimiy yodgorligini ucratish mumkin. Britaniya hukumati bostirib kirishining asoisy belgilaridan biri bo‘lgan zamonaviy Chobahar shahri ichidagi Banglu binosi koʻrish mumkin. Ahamoniylar davridan beri Chobahar dengiz tarmogʻidagi eng muhim savdo hududi boʻlib kelmoqda, u yerdan Xitoy, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyodan savdo tovarlari Yaqin Sharqning yirik bozorlariga olib kelingan. Venetsiyalik sayyoh Marko Polo o‘zining sayohat xotiralarida Chabahor portini eslab oʻtgan. [3] .

Sharq, Gʻarb, Janub va Shimol oʻrtasidagi xalqaro transport chorrahasida joylashgan Chobahar alohida geografik mavqega egadir. Muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va strategik mavqeini hisobga olib shaharni erkin savdo va sanoat zonasi deb eʼlon qilindi. Bu loyiha 1991-yil bahorida hukumat tomonidan tasdiqlangan. Eron hukumatining ushbu mintaqani dunyoning erkin sanoat zonasiga aylantirish haqidagi farmoyishi asosida Chobaharda 14 ming gektardan ortiq maydonda yangi dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratildi. Bu sharoitlar viloyat va uning salohiyatini turizm, sanoat va savdo sohalarida namoyon etish ustuvorligidan kelib chiqqan holda yigirma yillik dastur doirasida ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda Chobahor Eronning sharqida erkin savdo zonasi sifatida rivojlanishning asosiy nuqtasi hisoblanib, uning iqtisodiy faoliyati Siston va Balujiston viloyatlari hamda Xuroson viloyati janubini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda. Bu ikki viloyatning rivojlanishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Chobahar shahri oʻzining geografik joylashuvidan kelib chiqib, mintaqadagi muhim iqtisodiy zona va afzalliklarga ega xalqaro ahamiyatga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Iran. Spravochnaya karta (masshtab 1:1 250 000). Chetvyortoe izdanie — GUGK SSSR, 1986.
  2. Statistical Center of Iran
  3. Okrug Chabaxar