Chjenchjou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chjenchjou — Xitoyning shim. qismidagi shahar, Buyuk Xitoy tekisligida. Xenan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,1 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Paxtachilik rnining savdo markazi. Mashinasozlik va toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar yaqinidan toshkoʻmir va temir rudasi qazib olinadi. Qad. Xitoyning metallurgiya tarixi muzeyi bor.