Chiziqli geometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiziqli geometriya - fazoning asosiy elementi sifatida toʻgʻri chiziq qaraluvchi geometriya boʻlimi. Fazoda z oʻqiga parallel boʻlmagan toʻgʻri chiziklar x=az+p, y=bz+q tenglamalardagi toʻrtta a, b, r, q sonlarni toʻgʻri chiziqning koordinatalari deb qarash mumkin. Agar bu koordinatalar bir, ikki va uch parametrning funksiyalari boʻlsa, u holda bu toʻgʻri chiziklar toʻplami moye hodda toʻgʻri chizikli sirtlar, kongruensiyalar va toʻgʻri chiziklar kompleksini hosil qiladi va bu obʼyektlar Ch. g.da oʻrganiladi. CHIZIQLI YOZUV 1) Krit o.ining eng qad. yozuvlari tizimi; A va B turlari farqlanadi. Chiziqli geometriyaning B turi (kritmiken boʻgʻin yozuvi)da bitilgan matnlar yunon tili lahjalaridan birini namoyon qiladi. Miloddan avvalgi 15—14-asrlarga mansub ushbu matnlar 19-asr oxirlarida Krit o.ida, miloddan avvalgi 13-asrga mansub matnlar esa 1939-yilda Peloponnesning jan. qismida topilgan. Bu yozuvdagi matnlar birinchi marta ingliz olimi A. Evans tomonidan 1909-yilda eʼlon qilingan. Chiziqli geometriyani oʻqishga ingliz olimlari M. Ventris va J. Chedviklar muvaffaq boʻlishgan (1953). Baʼzi olimlarning fikricha, kritmiken yozuvining ayrim unlilarga yoki undosh va unlidan iborat tovush guruxdariga muvofiq keladigan belgilari keyinchalik yunon tiliga oʻzlashtirilgan va moslashtirilgan. Boʻgʻinli kipr yozuvi ham shu yozuv asosida paydo boʻlgan. Chiziqli geometriyaning A turi hali oʻqilmagan va uning xindevropa tillari (xalklari)ga aloqadorligi isbotlanmagan; 2) imoishora tili belgilari, "buyum yozuvi" va qisman piktografik yozuvdan keyingi yozuv turlari [ideografik — iyeroglifik, sillabik (boʻgʻinli), fonografik (harftovush) yozuvlar]ning umumiy nomi (yana qarang Yozuv).