Chiziqli funksiya
Chiziqli funksiya formula bilan aniqlanadigan funksiya, bunda va — haqiqiy sonlar hisoblanadi. Xossalari: 1. Barcha haqiqiy sonlar uchun aniqlangan; 2. haqiqiy qiymatlarni qabul qiladi; 3. k > 0 da oshuvchi, k<0 da kamayuvchi, k=0 da o'zgarmas, OY oʻqni (0,b) nuqtada kesib oʻtadi; 4. Ikki y=kx+b chiziqli funksiya parallel boʻlish sharti: k=k; Ikki funksiya ustma-ust tushish parametrlari esa: k=k va b=b boʻladi; 5. Chiziqli funksiyaning orttirmasi argument orttirmasiga proporsional. Chiziqli funksiyaning grafigi — toʻgʻri chiziqdir. Bu toʻgʻri chizik bilan Ox oʻqi orasidagi burchak ning tangensi ga teng: k = t ga. k son Chiziqli funksiya grafigining Ox oʻqiga ogʻishini ifodalaydi. b parametr Chiziqli funksiya grafigi Oy oʻqdan ajratgan kesmaning uzunligiga teng.
ning qiymati Ox oʻqi bir birlik surilganda Oy oʻqi necha birlikka surilishini ifodalaydi. Masalan, funksiyada x=1 qiymatda funksiya y=7 qiymatni oladi. x=2 qiymatda funksiya y=9 qiymatni qabul qiladi.Demak x ning qiymati bir birlikka oshganda y ning qiymati 2 birlikka oshyapdi, chunki k ning qiymati 2 ga teng bo'ladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |