Chiyal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi hudud. Shoʻrolar davrida "Payshami" ("Payshanba") bozori va "yaxna" deb nomlanadigan taomi bilan mashhur boʻlgan.

Umumiy ma'lumotlar[tahrir]

Qorayevning "Oʻzbekiston toponimiyasi" nomli asarida Chiyali nomi chiya - "yovvoyi olcha"dan olingan deb hisoblaydi.[1] Ammo tarixchi olim Shamsuddin Kamoliddinovning fikricha, Chiyal bu turkiy urugʻlardan birining nomi.[2] "Chiyal" qadimgi turk urugʻi chigillar nomidan olingan boʻlishi mumkin.Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga ko'ra ushbu qishloq joylashgan qir-adirlarda qadimda chiya bo'rilar juda ko'p bo'lgan va xalq shundan kelib chiqib qishloqni Chiyalisoy (chiyabo'rilar yuradigan soy)deb atagan, keyinchalik soy qo'shimchasi tushib, Chiyali tarzida aytilgan.

Xuddi shu nomda (toʻgʻrirogʻi Chiyali tarzida) Boshqirdistonda qishloq mavjud.

Chiyal jamoa xoʻjaligi iqtisodi asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan: paxta, gʻalla, kunjut yetishtiriladi. Chiyal jamoa xoʻjaligida parrandachilik fabrikasi ham mavjud. Undan tashqari aholi oʻrtasida oʻz juvozlariga ega boʻlganlar ham anchagina. Juvozdan olingan yogʻni chiyalliklar Samarqand viloyatiga olib borib sotishadi. Chiyali qishlog'i 16-17 ta alohida-alohida kichik qishloq-ovullarga bo'linadi(Qozoq, Toqchi, To'qmor, Chuvilloq, Annaro'z, Dursun, Zum,Shov, Qilburun,Jinni va b.), o'z navbatida ovullar ham yana bir qancha kichik-kichik hududlarga (Shevada "tupor" deyiladi.)bo'linadi. Bayramlar, xalq sayllarini tupor-tuporga bo'linib nishonlashadi. Chiyali qishloqlarida navro'z bayrami o'ziga xos tarzda nishonlanadi, aholi keng qir-adirlarga chiqib xalq saylini tashkil etadi. Navro'zni bir yilda tug'ilgan, ishlab,uy-joy qilgan sinfdoshlar o'zaro pul yig'ib nishonlaydilar, butun xalqqa tekin osh tarqatiladi, dorbozlar, poytaxtdan chaqirilgan xonandalar, kurash, ko'pkari musobaqalari bayramga o'ziga xos ruh bag'ishlaydi. Chiyal hududidan Qumdaryo oqib otadi. Bu daryoning oʻziga xos xususiyati - faqat bahorda suvga ega boʻlishidir. Boshqa fasllarda bu daryo qurib qoladi. Qurigan paytda tagidagi qumlarni koʻrish mumkinligi uchun shu nom berilgan boʻlsa kerak.

Chiyal bozori[tahrir]

"Payshami" bozori. Sabzavotlar boʻlimi

Chiroqchiliklar bu bozorni "Payshami bozor" deb atashadi. "Payshami" ("Payshanba") deb atalishiga qaramasdan, yakshanba kuni bo'ladigan bu bozor sho'rolar davrida kamyob tovarlarning mo'l-ko'lligi bilan mashhur edi. Magazinlarda topilmaydigan, "peshtaxta osti"dan sotiladigan sovet va import tovarlarni shu bozordan topish mumkin edi. Shuning uchun bu yerga viloyatning turli burchaklaridan o'ziga to'q odamlar kelishgan.

Chiyalliklar savdogarliklari bilan mashhur bo'lishgan. Bozor haqida el orasida afsonalar yuradi. Shulardan bir nechtasi: bozorda qurol sotib olishingiz mumkin, o'g'rilik yo'q, chunki o'g'ri tutilib qolsa, uni toshbo'ron qilishadi yoki do'pposlashadi, va hokazo.

Bu bozor nomi hatto adabiy asarga ham kirishga muvaffaq boʻlgan. Taniqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov oʻzining "Ikki karra ikki besh" nomli asarida Chiyali bozori haqida yozgan. Asar qahramoni Qoʻshoqvoy yoshligida Chiyali bozoriga boradi va bir qancha qiziq hangomalarga duch keladi.

Hozirda bu bozorning mavqei biroz pasaygan, sho'rolar davridagi va mustaqillikning dastlabki yillaridagi ahamiyatini yoʻqotgan. Bunga sabab "peshtaxta osti" degan tushunchaning yoʻqolgani va raqobatchi bozorlarning koʻpayib ketganligi boʻlishi mumkin.

Chiyal matbuotda[tahrir]

Mavzuga oid bogʻlamalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]