Kontent qismiga oʻtish

Chiy (qurilish)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiy — qamish yoki savagʻich poyasidan tayyorlanadigan mahalliy qurilish materiali. Ch. 1,5–2 m uzunlikdagi yaxshi pishgan, yorilmagan, sinmagan va barg qinidan tozalanmagan qamish poyasidan yakkayakka holda qatorlab kanop ip yoki yumshoq sim bilan 3 ipli qilib bogʻlab (ikki chekkasi va oʻrtasidan) toʻqiladi. Shipga qoqilib, ustidan alebastr, ganch yoki somonli loy bilan suvaladi. Bunday ship chiylampa deb ataladi. Ch. uyroʻzgʻor va xoʻjalikning boshqa sohalarida (qishda ayvon oldini qordan toʻsish, uzumni saqlash, ipak qurti boqishda tag toʻshama sifatida) ishlatiladi. 20-asrning 90-yillaridan shaharlarda umumiy ovqatlanish nuqtalari atroflarini oʻrab toʻsishda ("chiy devor") ham Ch.ning turli shakllaridan foydalanilmoqda.