Chiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiy (Losiagrostis caragana Trin.) — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Boʻyi 2 m ga boradi. Aprel—may oylarida gullab, meva tugadi. Choʻladirlarda, togʻ oldi yon bagʻirlarida, qisman togʻlarning oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Yemxashakbop oʻsimlik boʻlib, Toshkent, Samarkand, Buxoro viloyatlarida tarqalgan.