Chistiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Chistiklar
Parakeetauklets2.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chistiklar (Alcidae) - rjankasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi, 22 turi bor. Haqiqiy dengiz kushlari. Ogʻirligi 80 g dan 1,2 kg gacha. Usti qora, qorni oq. Ikkala jins ham bir xil tusda. Tana tuzilishi suvda suzish va shoʻngʻishga yaxshi moslashgan. Oyokdari qisqa, oldingi uch barmogʻi suzgʻich parda bilan tutashgan. Tumshugʻi har xil koʻrinishda. Juda tez uchadi. Chistik. Uchishda orqaga uzatilgan panjalari rul vazifasini bajaradi. Yerda besoʻnaqay va yomon yuradi; suv ostida qanotlari yordamida harakatlanadi. Urchish davrida boshida patli kokillar, tumshugʻida shoxsimon plastinka va oʻsmalar paydo boʻladi. Ch. quruqlikka faqat tuxum qoʻyish uchun chiqadi. Qoya yoriklariga va boshqa joylarga uya quradi. Koloniya hosil qiladi. 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 24—35 kun bosadi. Mayda baliq, qisqichbaqalar, mollyuskalar, dengiz chuvalchanglari bilan oziqlanadi. Shim. Muz okeani, Yevropa, Osiyo hamda Amerikaning Tinch va Atlantika okeanlari shim. qirgoklarida tarqalgan. Tuxumi va goʻshti uchun koʻp ovlanganligi sababli kamayib bormoqda. Hozir tuxumini yigʻish takiqdangan. Katta ahamiyatga ega boʻlgan qushlar bozori qoʻriqxonalarga aylantirilgan.