Chirindili gorizont

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chirindili gorizont, tuproqning gumusli qatlami — tuprokning oʻsimlik va hayvonot qoldiqlari chirindilaridan iborat organogen gorizonta. Bu gorizont kalinligi qora tuproqlarda 150—200 sm, sur tuproqlarda 25—50 sm, choʻl tuproklarida 20, baʼzi joylarida esa 30 sm gacha. Oʻrta Osiyoning choʻl mintaqasida tarqalgan choʻl qumli tuproqlari, sur tusli qoʻngʻir va takirsimon tuproqlarda chirindi miqdori juda kam. Agrotexnik va kimyoviy ishlov berish natijasida tuproqda organik moddalar, jumladan chirindi miqdori ortib boradi. Mirzachoʻlning och tusli boʻz tuproqlaridagi qoʻriq ochilib, unda almashlab ekish va mineral oʻgʻit qoʻllab ekin ekilgandan keyin, oʻzlashtirishning dastlabki yillarida kamayib ketgan chirindi miqdori 10 yildan keyin tuprokning 1 m cha qalinlikdagi qatlamida 20%, 30 yil sugʻorilgandan soʻng esa 23,5% ga, shunga muvofiq azot 9,2 va 14,1% ga ortdi. Chirindi, asosan, ekilgan oʻsimliklar ildiz krldiqdari hisobiga toʻplanadi. Bundan tashqari, bu qatlamda gumusning koʻpayishida dukkakli, boshokli yoki ular aralashmasidan iborat oʻtlar ekish, shuningdek, suv bilan oqib kelgan oqiziqlarning ahamiyati katta.