Chirchiq transformator zavodi aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI —elektrotexnika sanoatining yirik korxonasi. Turli tipdagi elektr kuch transformatorlari, elektr tokini taqsimlash qurilmalari, yirik (10,35, 110 kV kuchlanish va quvvati 25 dan 6300 kVA gacha boʻlgan) kuch transformatorlari va komplektli transformator kichik stansiyalari ishlab chikaradi. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasiga qaraydi. 3d 1942 yil 12 aprelda Leningraddan evakuatsiya qilingan "Elektropult" zdi negizida tashkil etilgan va "Elektroshit" deb yuritilgan. 1962 yildan Chirchiq transformator zdi deb nomlandi. Dastlab korxonada elektr shitlari ishlab chiqarilgan, elektr motorlari va boshqa elektr jihozlarini taʼmirlash, sozlash, ishga tushirish kabi ishlar bajarilgan. 1945 yildan kuch transformatorlari, 1947 yildan payvandlash apparatlari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1949 yildan Kuchma transport kichik stansiyalari, 1952 yildan 6 kV li komplektli taqsimlash qurilmalari, 1961 yildan TMZ1000 kuch transformatori bilan ishlaydigan yangi tipdagi komplektli transformator kichik stansiyalari ishlab chikarila boshladi. 60—80- yillarda korxona bir necha marta rekonstruksiya qilindi. 1966 yilda korxona binosining 1navbati, 1970 yilda 2navbati foydalanishga topshirildi. 1994 yildan korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Uzbeki ston energetika tizimini transformator kichik stansiyalari bilan taʼminlab kelmoqda.

2003 yilda 716 dona kuch transformatorlari ishlab chiqarildi (2001 yilga nisbatan 4,9 marta koʻp). Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.