Chipor lola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chipor lola
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o‘simliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Lola
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Tulipa dubia

Chipor lola (lotincha: Tulipa dubia) – bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol, Ugom, Qurama, Qorjontov togʻ tizmalarida tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 7-25 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Piyozchasi tuxumsimon choʻziq, qobigʻi toʻq jigarrang, ichi yotiq tukli. Barglari uch dona poyada ketma ket joylashgan, bandsiz, pastki qismi bilan poyani oʻrab oladi, rangi koʻkimtir, chetlari egri bugri. Gullari ikki jinsli, poya uchida yakka joylashgan. Gulbandi koʻkimtir, tuklar bilan qoplangan. Gultojibarglari sariq rangda, tashqi tomoni koʻkimtir pushti yoʻl-yoʻl dogʻli, gul tubi toʻq sariq tusda. Changchi iplari va changdonlari sariq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. May iyun oylarida gullab mevasi iyulda pishadi. Mevasi toʻq jigarrang yoki yashil rangdagi koʻsak meva. Urugʻi va piyozchalari orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol, Ugom, Qurama, Qorjontov togʻ tizmalarida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi unumdor tuproqlarda, yakka yakka holatda oʻsadi. Gullari va piyozchalarining yigʻib olinishi natijasida areali qisqarib ketgan. 1956-yildan buuyon Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida ekib oʻstirilmoqda. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom-Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tulipa dubia“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.