Chimboyliq topilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chimboyliq topilmasi - jez davriga oid yodgorlik, topilma (miloddan avvalgi 2ming yillikning 2yarmi). Toshkent shahridan 50 km sharkda, Chirchiq shahrining oʻng tomonida, Chimboyliq qishlogʻi yaqinida oltin qidirish maqsadida oʻtkazilgan qidiruv ishlari olib borilayotgan paytda topilgan (1898). Chimboyliq topilmasi — bolta, mix shaklidagi bigiz, bargsimon pichoq va 580 g quyma jezdan iborat. Chimboyliq topilmasi katakomba shaklida boʻlib, Andronovo madaniyatiga yaqin turadi.