Chili soyligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chili soyligi - Tinch okeanning jan.sharqiy qismidagi soylik. Sharqda Chili novi, shim.gʻarbda SalaiGomes va Naska suv osti tizmalari, jan.gʻarbda Gʻarbiy Chili tizmasi bilan chegaralanadi. Shim.dan janubga 1700 km ga, sharqdan gʻarbga 2400 km ga choʻzilgan. Chuq. 3500—4000 m, eng chuqur joyi 5537 m. Baʼzi tizmalarning choʻqqilari suv yuzasidan orollar koʻrinishida koʻtarilib turadi.