Chili arxipelagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chili arxipelagi - Tinch okeandagi bir nechta togʻli orollar guruhining umumiy nomi, Chilining jan.gʻarbiy qirgʻoklari yaqinida. Yirik orollari: Chiloe, Uellington, SantaInes (eng baland joyi 1341 m). Teztez zilzila boʻlib turadi. Qirgʻoqlari qoʻltiq va buxtalar bilan kuchli parchalangan. Oʻrmonlari past boʻyli barg toʻkuvchi daraxtlardan iborat, botqoq va yaylov oʻsimliklari oʻsadi. Aholi oʻrmonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Bosh shahri va porti — Ankud (Chiloe o.da). Milliy parklar tashkil etilgan.