Chichen-itsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chichen-itsa (ChichenItza) - Yukatan ya.o.ning shim.dagi mayyalarning siyosiy va madaniy markazi. Milodiy 8-asrda barpo etilgan deb taxmin etiladi. 10-asrda tolteklar tomonidan bosib olingan. 11a. oʻrtalaridan Ch.I. tolteklarning Yukatandagi davlati poytaxtiga aylangan. Mayyapana, Ushmal va Itsmal kabi shahardavlatlar qoʻshinlari tomonidan 1178 yil vayron qilingan. Ispanlar istilosi davrida (16-asr oʻrtasi) Ch.I. xaroba holatida boʻlgan. Ch.I. hududida bir necha marta qazishma ishlari olib borilgan; mayyatolteklarga mansub eng muhim meʼmoriy obidalarga "Qizil uy", "Ayol monastiri", "Cherkov", "Qorakoʻl" rasadxonasi, "Jangchilar ibodatxonasi", Kukulkan ibodatxona ehromi ("Kastilo"), toʻp oʻynashga moʻljallangan katta stadion va boshqalarni kiritish mumkin. Koʻplab monumentaldekorativ haykaltaroshlik namunalari vgg*devoriy rasmlar topilgan.